#qonun_loyihasi
Deputatlar Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlarni maʼqulladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi (https://t.me/qonunchilikpalatasi/15861).
Hujjatda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
🔸11 ta viloyatidagi 47 ta “sharoiti ogʻir” boʻlgan tumanlar uchun vaqtinchalik soliq imtiyozlarini berish;
🔸foydalanilmayotgan obyektlar egalariga nisbatan mol-mulk va yer soligʻining oshirilgan stavkalari qoʻllanilishini bekor qilish;
🔸davlat organlariga, muassasa va tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan va ular tomonidan boshqa tashkilotlarga ijaraga berilgan yerlarni soliqqa tortish tartibini takomillashtirish;
🔸kadastr hujjatlari mavjud boʻlmagan uy-joy egalari uchun uch karra oshirilgan stavkada yer soligʻini hisoblash tartibi qoʻllanishini toʻxtatib turish;
🔸elektrotexnika tarmoq korxonalarining ixtisoslashtirilgan markazlarini qoʻllab-quvvatlash orqali innovatsion texnologiyalar joriy etilishini ragʻbatlantirish.
👉Qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi



