(Ўзбекча) KORRUPSIYASIZ KELAJAK QURISHGA HAMMAMIZ MAS’ULMIZ

#korrupsiya

KORRUPSIYASIZ KELAJAK QURISHGA HAMMAMIZ MAS’ULMIZ

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo’limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo’mitasi tomonidan qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini belgilash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag’ishlangan targ’ibot tadbirlari Ellikqal’a va Chimboy tumanlari soliq inspeksiyalarida bo‘lib o‘tdi.

🔰 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatida xodimlarga yuklatilgan majburiyatlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

♻️ Yig‘ilishda har bir xodim o‘z ish faoliyati davomida korrupsion holatlarga 🙅qo‘l urmasligi, xizmat vazifasiga sidqidildan yondashishi 📃 hamda har qanday ko‘rinishdagi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.