
#mahallabay
Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasida mahallalarda soliq organlari faoliyati samaradorligiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasi boshlig‘i X.Bekchanov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi mas’ul vakili hamda soha xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda joriy yil mart oyi natijalariga ko‘ra, respublika miqyosida samaradorlik ko‘rsatkichi 91.0 ballni tashkil etganligi ta’kidlandi. Mahallabay ishlash tizimida eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan 2 nafar soliq inspektori Soliq qo‘mitasi Raisining buyrug‘iga asosan, yana 8 nafar xodim boshqarma boshlig‘i tomonidan taqdirlandi.

Mehnat rag‘bat demakdir. Bu esa mehnati qadrlanayotgan har bir xodim uchun yanada ko‘proq ishlashga, o‘ziga biriktirilgan mahalla obodligini ta’minlashga hissa qo‘shishga va samaradorlik ko‘rsatkichining ortishiga zamin yaratishi, aniq.




