Ushbu boʻlimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-154-son Farmoni talablari asosida  Davlat soliq xizmati organlarining ochiq maʼlumotlar shaklidagi ijtimoiy ahamiyatga ega maʼlumotlari eʼlon qilib boriladi.
Mazkur Ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilish davlat soliq xizmati organlari faoliyatining shaffofligini oshirish, jamoatchilik nazoratini taʼminlash, shuningdek, turli tahlillar, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda muhim, ishonchli manba boʻlib xizmat qiladi.
Ochiq maʼlumotlarning koʻp marotaba, erkin va bepul foydalanish maqsadida mashinada oʻqiladigan formatda Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirilishi fuqarolar va biznes uchun foydali axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlari, ilovalar ishlab chiqish hamda xizmat koʻrsatishda qulayliklar yaratadi.
Ushbu boʻlimda quyidagi yoʻnalishdagi ochiq maʼlumotlar oʻrin olgan:
Asosiy koʻrsatkichlar
Byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq maʼlumotlar
Soliq qoʻmitasining ochiq maʼlumotlari
Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtirilgan maʼlumotlar