Barqarorlik reytingida yuqori toifaga kirish mexanizmlari tadbirkorlarga yetkazilmoqda

#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingida yuqori toifaga kirish mexanizmlari tadbirkorlarga yetkazilmoqda

📍2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi.

📊Mazkur reyting mazmun-mohiyati, undagi umumiy, rag‘batlantiruvchi va kamaytiruvchi mezonlar haqida batafsil tushuntirish berish maqsadida Chimboy tumani soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

🌐Xususan, tumandagi tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashib, “AAA” toifaga chiqish uchun korxonaning imkoniyatlari va QQSni 1 kunda qaytarib olish mumkinligi, soliq tekshiruvi o‘tkazilmasligi haqida barafsil tushuntirish ishlari olib borildi.