Korrupsiyani faqat birgalikda to‘xtatamiz!

#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyani faqat birgalikda to‘xtatamiz❗️

Bugun korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda barcha sohalarda, jumladan soliq tizimida ham halollik, mas’uliyat va vijdon asosiy mezon sifatida ilgari surilmoqda.

Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo’limi ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamkorligida Beruniy hamda Ellikqalʼa tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishda xodimlarning kasbiy odobi, halol mehnat va korrupsiyadan yiroq bo‘lish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek:

— halollik — hurmat va ishonch garovi
— mas’uliyat — muvaffaqiyat kaliti
— qonuniylik — barqaror taraqqiyot asosi

⚠️ Aksincha, noqonuniy yo‘llar qisqa muddatli foyda berib, og‘ir oqibatlarga olib kelishi muqarrar.

Har birimiz korrupsiyaga qarshi kurashda befarq bo‘lmasak, jamiyatimiz yanada toza va adolatli bo‘ladi!

Zero, halollik bor joyda baraka bor!