#ochiq_muloqot

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda
Prezidentimizning PF-100-sonli farmoni mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida Chimboy, Qorao‘zak, Taxtako‘pir, Kegeyli va Bo‘zatov tumanlarida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi.
Tadbirlarda 2026-yil 1-iyundan boshlab umumbelgilangan soliq solish tartibiga o‘tish uchun belgilangan chegaraviy miqdorning qariyb 5 mlrd so‘mgacha oshirilgani tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini kengaytirish va biznes o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi qayd etildi.


Seminarlarda QQS ma’murchiligini takomillashtirish, kichik biznes subyektlari uchun ma’muriy yukni kamaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa yangiliklar haqida ham atroflicha tushuntirishlar berildi.



