Chimboy tumanida seminar oʻtkazildi

#uchrashuv

 

 

 

 

 

 

 

Soliq qoʻmitasi raisi tomonidan belgilangan rejasiga asosan Chimboy tumanida Qoʻmita xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-95-son va 2026-yil 26-maydagi “Kichik biznes subyektlarining oʻsishi uchun yanada qulay iqtisodiy va maʼmuriy shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PF-100-son Farmonining mazmun-mohiyatini soliq xodimlariga yetkazish maqsadida seminar oʻtkazildi.

 

 

 

 

 

 

 

Seminarda Chimboy va Kegeyli, Bo‘zatov, Qorao‘zak, Taxtako‘pir soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirok etdi. Unda yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash shoʻbasi xodimlarining ish faoliyati samaradorligini oshirish, QQS toʻlovchilar bilan ishlash jarayonlarini takomillashtirish, soliq maʼmurchiligidagi yangicha yondashuvlar va elektron xizmatlardan samarali shakllantirishdagi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

 

 

 

 

 

Ochiq muloqotda xodimlarning savollariga mutasaddilar tomonidan amaliy tushunchalar berildi hamda sohaga oid taklif va mulohazalari tinglandi.