Hududlarda Prezident farmonlari mazmun-mohiyati targʻib etilmoqda

 

 

 

 

 

 

#seminar

Hududlarda Prezident farmonlari mazmun-mohiyati targʻib etilmoqda

Beruniy, Ellikqala, Amudaryo hamda Toʻrtkul tumanlarida tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvni Qoraqalpogʻiston Respublikasi soliq boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari I.Orazbaev boshqarib bordi. Seminarda Prezidentimizning PF–95-son va PF–100-son farmonlarida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar hamda ularga yaratilgan yengilliklar hamda VMQ-254-sonli qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

 

 

 

 

 

Xususan, muloqotda 2028-yilgacha kichik biznes subyektlariga aniqlangan soliq xavflarini mustaqil tuzatish imkoniyati berilishi hamda soliq xavfi summasi 500 mln so‘mgacha bo‘lganda soliq auditi, xavf summasi 100 mln so‘mgacha bo‘lganda sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilmasligi haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

 

 

 

 

 

Shuningdek, 2026-yil 1-iyundan kichik biznes uchun umumiy soliq rejimiga oʻtish chegarasi 1 mlrd soʻmdan qariyb 5 mlrd soʻmga oshirilganiga alohida urg’u berildi.

Ochiq muloqotlar davomida tadbirkorlarining barcha savollariga mutasaddilar tomonidan huquqiy va amaliy tushunchalar berildi. Shuningdek, faol tadbirkorlarning sohani yanada rivojlantirish va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan taklif va mulohazalari tinglandi.