✅ 2023-yil fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 7 ta soliq turida o‘sish qayd etildi
Ma’lumki, Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq tushumlari va soliq ma’murchiligining strukturasi va dinamikasiga oid boshqa ma’lumotlar Fiskal tahlillarda (https://t.me/fiskaltahlil) e’lon qilib boriladi.
Navbatagi hisobot oyi yakunlari bo‘yicha budjetga tushumlar tahlil qilinganda 2023-yil fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 7 ta soliq turida o‘sishga erishilgan.
Jumladan, foyda solig‘i 1,5 trln so‘m, JShODS 407,2 mlrd so‘m, AOS 140,7 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i 140,2 mlrd so‘m, yer solig‘i 100 mlrd so‘m, aksiz solig‘i 86 mlrd so‘m, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 30 mlrd so‘mga o‘sgan.
2023-yil yanvar-fevral oylaridagi jami tushum 25,3 trln so‘mdan oshdi.
Ma’lumot uchun, 01.01.2023-yildan QQS stavkasi 12%, yanvar oyi uchun fevral oyida soliq to‘lanadi.



