
♻️Ellikqal’a tumani soliq inspeksiyasi boshlig’i, 4-sektor rahbari N.Abaev «Bo’ston» mahalla fuqarolar yig’ini hududida sayyor qabul o’tkazdi.
🔹Uchrashuv ochiq muloqat shaklida o’tkazildi. Mahalla aholisi va yoshlar sektor rahbariga asosan kommunal sohada, imtiyozli kreditlar, subsidiya, kontrakt to’lovi, ichimlik suvi masalalari bo’yicha murojaatlar yo’llandi.

🔹Ko’pgina murojaatlar shu joyning o’zida hal qilingan bo’lsa, órganib chiqilishi lozim bólgan murojaatlar nazoratga olindi hamda tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.



