
Murg‘ak qalb egalariga bayram kayfiyati ulashildi
Mehr-muruvvat, saxovat va bag‘rikenglik insoniylik burch sanaladi. Mehrga tashna qalblarga xursandchilik ulashish, ularga ko‘mak berish va e’tibor qaratish xalqimizga xos olijanob fazilatlardan biridir.
Soliq qo‘mitasi mas’ullari mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – Navro‘z arafasida poytaxtimizdagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Mehr-muruvvat” tadbirini tashkillashtirdi.

Tadbir murg‘ak qalb egalariga bir olam quvonch baxsh etdi. Bolajonlar o‘zlarining badiiy chiqishlarini mehmonlarga namoyish etdilar. Kuy-qo‘shiqlarga ulangan bayram tadbirida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sport buyumlari, o‘quv qurollari hamda o‘yinchoqlar ulashildi.




