“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazilmoqda.

♻️Qoraqalpoǵıston Respublikasi soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo’limi mas’ul xodimlari tomonidan barcha hududiy soliq inspeksiyalarida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazilmoqda.

🔰Bugun Nukus tumani soliq inspeksiyasida ham Shaxsiy xavfsizlik bo’limi mas’ul xodimlari va tuman inspeksiyasi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

🔹Tadbirda korrupsiya va ta’magirlikning salbiy oqibatlari haqida so‘z bordi. Xodimlar faoliyati davomida nafaqat tizimning sha’niga dog‘ tushirmasliklari, balki oilasining obro‘sini, farzandlarining kelajagini ham o‘ylashlari lozimligi uqtirib o‘tildi.