Qonunchilikdagi yangiliklar

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi

01.04.2023-yildan pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 %ga oshiriladi.
Shuningdek:
– pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 347 000 so‘m;
– yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 677 000 so‘m etib belgilanadi.

01.05.2023-yildan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 %ga oshiriladi.
Shuningdek:
– mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHETKM) – oyiga 980 000 so‘m;
– bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – oyiga 330 000 so‘m etib belgilanadi.

📜O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoni. 28.03.2023-yil