Bugungi kunda “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida Nukus shahar soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashgan holda ularning muammolarini o‘rganib, sayyor soliq maslahatlari ko‘rsatilmoqda. Joriy yil 1-chorak uchun belgilangan prognoz 109 mlrd 900 mln. so`m bo`lib, soliq to`lovchilar tomonidan byudjetga 107 mlrd 500 mln. so`m miqdorida soliq to`lanib 98.2 foizga bajarildi Joriy yil 1-chorak uchun 463-ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq organlariga aloqador masalalar bo‘yicha 418-ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda. Joriy yilning 1-chorak uchun “Soliq hamkor” dasturi orqali Nukus shaharda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 1-aprel holatiga 38-ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 8 ta murojaat turli xil sabablarga ko‘ra rad qilingan. Ularning 30 tasida sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, savdo qoidalari buzilayotganligi tasdiqlandi. Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, bugungi tadbirkor kechagisidan tubdan farq qiladi. Qonunchiligimiz ham ular uchun qator yengillik va qulaylik yaratishga qaratilgan. Buning natijasida, iqtisodiyotda xufyona bozor mexanizmlariga o‘z-o‘zidan chek qo‘yilmoqda. Halol tadbirkor uchun shaffof va qonuniy ishlaydigan davr keldi. Shu bois, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanuvchilar soni bugun 2 382 nafarni tashkil etmoqda. Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning yanvar oyida tumanda 16 813 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.
“Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar.



