Elektron hisobvaraq-fakturalarning soliq to‘lovchilar uchun afzalliklari

#bu_muhim

Elektron hisobvaraq-fakturalarning soliq to‘lovchilar uchun afzalliklari:

✅An’anaviy hisobvaraq-fakturalarni qog‘ozda tayyorlashda sarflanadigan moddiy va inson resurslarini tejash;

✅Hisobvaraq-fakturalarni qulay va oson yuritish;

✅Hisobvaraq-fakturalarda QQS hisoblash bilan bog‘liq xatoliklarni oldini olish;

✅QQS bilan bog‘liq xisobotlarni yuborish jarayonini avtomatlashtirish.

👉elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish jarayonida soliq to‘lovchi kontragentining (QQS to‘lovchisi bo‘lganda) QQS guvohnomasi holati, QQS uzilishi koeffitsientini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa soliq to‘lovchiga ushbu kontragent bilan kelgusida hamkorlik qilish masalasini kzrib chiqish imkonini beradi.