Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Texnik jihatdan tartibga solish – mahsulotning xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish jarayonlariga va usullariga doir talablarni belgilash, qo‘llash hamda bajarish, shuningdek ularga rioya etilishini muvofiqlikni baholash va davlat nazoratini amalga oshirish orqali tekshirishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonuniga (O‘RQ–819, 27.02.2023 y.) ko‘ra,

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi mazkur sohadagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarini belgilaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Qonunga muvofiq, texnik reglamentlar quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi:
▫️mahsulot xavfsizligi talablarini belgilash orqali fuqarolarning hayotini yoki sog‘lig‘ini muhofaza qilish;
▫️atrof-muhitni, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish;
▫️xaridorlarni (iste’molchilarni) chalg‘itadigan harakatlarning oldini olish;
▫️energiya jihatdan samaradorlikni va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
▫️savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish;
▫️ichki va tashqi bozorlarda mahsulotning raqobatbardoshliligini oshirish.
🔰 Texnik reglamentlarda belgilangan muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
🔹muvofiqlikni deklaratsiya qilish;
🔹majburiy sertifikatlashtirish.
Qonunga ko‘ra, davlat nazorati organlari o‘rtasida yuqori xavf tug‘diradigan mahsulot haqida tezkor ravishda o‘zaro xabar berish tizimi yaratiladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.



