
Soliq organlari matbuot xizmati xodimlari uchun soliq ma’muriyatchiligining innovatsion mexanizmlari va zamonaviy PR-texnologiyalaridan foydalanish muhokamasiga bag‘ishlangan seminar-trening o’tkazilmoqda.

Mazkur uch kunlik seminar davomida soliq va media sohasi mutaxassislari ishtirokida soliq qonunchilagidagi o‘zgarishlar, raqamli soliq xizmatlari afzalliklari hamda tashkilotning imijini shakllantirish jihatlari, axborot kampaniyalarining strategiyasi va taktikasi mavzularida ma’ruzalar rejalashtirilgan.

Seminarning dastlabki kunida soliq mobil ilovasining imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, mutaxassilar jismoniy va yuridik shaxslarga soliq solish va soliq ma’murchiligining yangi instrumentlari haqida tushunchalar berdi.

Bugun seminarning ikkinchida kunida esa media sohasining yetakchi mutaxassislari tomonidan interaktiv treninglar o‘tkazildi. Unda axborot uzatish va jamoatchilik fikrini shakllantirishda matbuot xizmatlarining o‘rniga e’tibor qaratildi.



