Ulgurji va chakana savdo korxonalari qonunchilikka asosan kirim qilingan tovarlarni EHF asosida realizatsiya qilishi lozim
Elektron hujjat aylanishi operatorlari axborot tizimlarida QQS toʻlovchisi boʻlgan ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faqat EHF asosida kirim qilingan tovarlarga elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishi mumkin.
Maʼlumot uchun. Rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish soliq huquqbuzarligi hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 223-modda
(https://lex.uz/docs/-4674902#-4681479)Axborot tizimi avtomatik ravishda soliq toʻlovchining ulgurji yoki chakana savdo korxonasi va QQS toʻlovchisi ekanligi tekshiradi.
Bunda soliq toʻlovchilar tomonidan qonunchilikka asosan kirim qilinmagan mahsulotlar uchun EHF rasmiylashtirishda dastur tomonidan avtomatik ravishda xatolik qayd etiladi.
Ya’ni MXIK kodi boʻyicha 2022-yil 1-yanvardan boshlab mahsulot kirim qilinmaganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ladi.
Agar soliq toʻlovchida tovarlar kirim qilinganligini asoslovchi hujjatlar (maʼlumotlar) mavjud boʻlsa, hududiy soliq boshqarmalariga murojaat qilish tavsiya etiladi. Murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, qisqa muddatlarda javob qaytariladi.
______________



