🔴 “Soliq” mobil ilovasida ko‘chmas mulk ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazdim. Oradan 2 kun o’tdi, shartnoma hamon «Yuborilgan» holatda. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak?
🔵 Sizdan mol-mulkni ijaraga olgan har bir kishi Soliq (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.soliq.mobile) mobil ilovasida ijara shartnomasini tasdiqlashi kerak. Buning uchun ijaraga oluvchi “Personal xizmatlar” bo‘limiga kirib, “Ijaraga berish” ➡️ “Ko‘chmas mulkni ijaraga berish” ➡️ “Shartnomalar ro‘yxati” ➡️ “Ijaraga olingan” bandlarini tanlashi va kerakli shartnomani tasdiqlashi kerak.
Ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish:
👉talabalar ijara shartnomasi
(https://t.me/soliqnews/9416)👉avtomobil ijara shartnomasi



