Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlarga soliq imtiyozlari berilgan

#imtiyoz

🖊 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevralda «2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

(https://lex.uz/uz/docs/-6385716)Unga ko‘ra 2023-yil 1-apreldan:

Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘idan hamda yuridik shaxslar umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi bo‘yicha foyda solig‘idan 3 yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga ozod etilishi belgilangan.