Rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2022-yil 12-may kungi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 255- sonli qarorining 1-bandida “Soliq organlarini jismoniy shaxslar tomonidan aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangan holatlar haqida “Soliq hamkor” maxsus axborot tizimi orqali xabardor qilish tartibi joriy qilingan.

Yuqoridagi tadbirkorlik subyektiga jismoniy shaxsning 2023-yil 08-sentyabr kungi “Soliq hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kelib tushgan 308766-son bilan ro‘yxatga olingan murojaatida, qilgan xaridi uchun onlayn nazorat kassa mashinasi cheki (yoki unga tenglashtirilgan) berilmaganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu murojaati bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonini  xabardor qilish orqali “Sayyor soliq tekshiruvi” o‘tkazilgan va jismoniy shaxs murojaati o‘z tasdig‘ini topgan.

Tekshirishda tadbirkorlik subyektiga tegishli savdo shaxobchasida onlayn nazorat kassa mashinasi o‘rnatilmaganligi yoki ularga tenglashtirilgan hujjat ko‘rsata olmaganligi aniqlanib, mas’ul xodimlar tomonidan tegishli tartibda  dalolatnoma rasmiylashtirilganligini  ma’lum qilamiz.

N. Abaev,

Ellikqal’a tumani Soliq inspeksiyasi boshlig‘i