Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligida tarǵibot tadbirlari

Soliq xizmati organlarida joriy yilning 20-oktabrdan 20-noyabriga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi.

🔖 Qoraqalpoǵiston Respublikasi soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan navbatdagi profilaktik tadbirlar bugun To‘rtkul hamda Shomanay tumanlari soliq inspeksiyasida bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Unda korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik, uning ayanchli oqibatlaridan ogoh bo’lish, har bir xodim o’z kasbiga vijdonan mas’uliyat bilan yondashishi va soliq to’lovchilar bilan muomala madaniyatiga amal qilgan holda odob-axloq doirasida faoliyat yuritishi kerakligi ta’kidlandi.

 

🔹Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga faoliyatlari davomida soliq xodimlari tomonidan ta’magirlik holatlari kuzatilgan taqdirda ishonch telefon raqamlari va telegram bot kanallarini o‘zida aks ettirgan buklet va broshyuralar tarqatildi.