Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi

#korrupsiyaning_oldini_olish

📍Soliq qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 20-oktabrdan 20-noyabriga qadar soliq xizmati xodimlari orasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi.

🔖 Qoraqalpoǵiston Respublikasi soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan navbatdagi profilaktik tadbirlar bugun Qonlikól hamda Qónǵirot tumanlari soliq inspeksiyasida bo‘lib o‘tdi.

🔰Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish bugunning dolzarb masalasi ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlik uchun belgilangan javobgarliklar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari haqida ta’kidlandi.

🔗Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga faoliyatlari davomida soliq xodimlari tomonidan ta’magirlik holatlari kuzatilgan taqdirda ishonch telefon raqamlari va telegram bot manzili aks etilgan buklet va broshyuralar tarqatildi.