Mahallalarning boshqaruv xodimlari soni soliqchi va ijtimoiy xodim qo’shilishi hisobiga 5 tadan 7 taga ko’paymoqda.
Jumladan, aholini 3 ta daftarga kiritish, moddiy yordam, subsidiya va kredit ajratish kabi 70 dan ortiq masalalar mahallaning o’zida, kollegial hal qilinadi.
“Mahalla yettiligi”ning asosiy vazifalari etib mahalla raisi — ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga ko’maklashishda, hokim yordamchisi — ishsizlarga ish topishga ko’maklashish, yoshlar yetakchisi — yoshlarni sport, musiqa va to’garaklarga jalb etish, xotin-qizlar faoli — ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish, soliq xodimi — mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o’zini o’zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o’tishga ko’maklashish, ijtimoiy xodim — yolg’iz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish kabi aniq vazifalar bilan shug’ullanishi lozimligi belgilandi.
Shuningdek, aholini 3 ta daftarga (temir, ayollar, yoshlar) kiritish, moddiy yordam, subsidiya va kredit ajratish kabi 70 dan ortiq masalalar mahallaning o’zida, kollegial hal qilinadi. Bandlik, Tadbirkorlik va Kasanachilik jamg’armalaridan ushbu daftarlarga kiritilganlarga beriladigan yordam mablag’larni taqsimlash har bir mahallaning o’z ixtiyoriga beriladigan bóldi.
Bundan tashqari, quyidagilar davlat tomonidan aholini manzilli himoya qilishning asosiy yo’nalishlari etib belgilandi:
kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish;
ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining ko’makka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta’minlash;
ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, og’ir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam ko’rsatishni yo’lga qo’yish;
aholining ijtimoiy sug’urta mexanizmlari bilan qamrab olinishini kengaytirish;
xavf guruhlariga tushib qolgan oilalarni aniqlash va kompleks ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish orqali ularning og’ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish;
nogironligi bo’lgan shaxslarning hayot kechirishi uchun qulay muhit yaratish.
Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish maqsadida 2023 yil 1 iyuldan boshlab Agentlikning tuman (shahar)lardagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etilsin va quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib har bir xonadon ahvolini o’rganib, oilalardagi haqiqiy holatni hamda ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamga bo’lgan ehtiyojini aniqlash, oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ehtiyojlarini o’rganish natijasida ularning ijtimoiy pasportlarini shakllantirish, ehtiyojmand aholi bilan, shu jumladan keys-menejment usulini qo’llagan holda samarali ish tashkil qilish, ulardan ijtimoiy xizmatlar va yordam olish bo’yicha buyurtmalar qabul qilish, zaruratga qarab buyurtmalarni mas’ul vazirlik va idoralarga yuborish hamda og’ir ahvolga tushib qolgan va og’ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo’lgan oilalarni muntazam ravishda monitoring qilib borish, ular uchun ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etish vazifalari amalga oshirilishi belgilandi.



