Dividendlar va foizlar shaklida daromadlar uchun soliq imtiyozlari amal qilish muddati uzaytirildi

#qonunchilikdagi_yangiliklar
#imtiyoz

Dividendlar va foizlar shaklida daromadlar uchun soliq imtiyozlari amal qilish muddati uzaytirildi

2022-yil 1-apreldan 2028-yil 31-dekabrga qadar (avval 2024-yil 31-dekabrgacha) boʻlgan davrda:

🔹JSHODSdan ozod qilinadi – Oʻzbekiston rezidentlari va norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar boʻyicha dividendlar tarzidagi daromadlari;

🔹foyda soligʻi boʻyicha 5 % miqdorida soliq stavkasi qoʻllaniladi – Oʻzbekiston norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari boʻyicha dividendlar tarzidagi daromadlariga;

🔹foyda soligʻi hamda JShODSdan ozod etiladi – Oʻzbekiston rezidentlari va norezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning xoʻjalik jamiyatlari obligatsiyalari boʻyicha foizlar tarzidagi daromadlari.

👉Soliq kodeksi 483-modda