Fuqaro D.Q.ga tegishli Ahmad Yassaviy ko‘chasi 260 xonadondagi noturar(gazon) ob’ekti hujjat bo‘yicha yer maydoni 1500 kv.m. Ob’ekt uchun joriy yilda Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining 2024-yil 29-yanvardagi VI-70-1-13-194-K/24-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutloq miqdorda bir gektar uchun 22680.0 mingso‘m stavkada hisoblandi. Ya’ni yer solig‘i 3 402 000 so‘mni, jami mulk maydoni 1251.13 kv.m uchun 2024-yil uchun Soliq kodeksining 412-moddasi birinchi qismi 1-bandiga muvofiq yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulkning mol-mulk solig‘ining soliq solish bazasi 1 kv metr uchun boshqa shaharlarda va qishloq joylarida 1.2 mln so‘m tashkil qilib, hisoblangan mulk solig‘i 15 088 627.8 so‘mni tashkil etdi.
Fuqaro R.B.ga tegishli Ahmad Yassaviy ko‘chasi 247-xonadondagi noturar ob’ekt (sportzal) hujjat bo‘yicha yer maydoni 500 kv.m. tashkil etadi. Sportzalga joriy yilga bir gektar uchun 22680.0 ming so‘m stavkada hisoblangan yer solig‘i 1 134 000 so‘mni, jami mulk maydoni 624.72 kv.m 2024-yilda Soliq kodeksining 412-moddasi birinchi qismi 1-bandi yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulkning mol-mulk solig‘ining soliq solish bazasi 1 kv metr uchun mulk soligi 7 534 123.2 so‘mni tashkil qilgan.
Fuqaro R.B. tomonidan joriy yilning 15-yanvar sanasida “Saxtiyon Kurashturlari” MChJ (Faoliyat turi sport maktabi) tashkil qilingan bo‘lib bu ikkita noturar obekt 31-yanvar kuni firmaning balansiga o‘tkazilgan. Jamiyat tomonidan yuridik yer va mol mulk solig‘i bo‘yicha xisobotlarni Soliq kodeksining 407, 414, 428, 431-moddalariga asosan taqdim qilish va imtiyozlardan foydalanish xuquqiga egaligini ma’lum qilamiz.
N.Abaev,
Ellikqal’a tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i



