Ijtimoiy tarmoqlardagi xabar bo‘yicha munosabat

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali “Ellikqal’ada chempionlar yetishtirgan sport zalga katta soliq hisoblandi” sarlavhasi ostida kelib tushgan murojaat yuzasidan rasmiy ma’lumot.

Murojaatda keltirilgan bino va gazon obyekti Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumani Saxtiyon ShFY da joylashgan bo’lib fuqaro R.B.ga hamda D.Q.ga tegishli.

Hududdagi Ahmad Yassaviy ko’chasi 247-o’yda joylashgan noturar (sport zal) obyekti uchun 2024 yil uchun jami 8 668,1 ming so’m shundan, mol-mulk solig’iga 7 534,1 ming so’m va yer solig’iga 1 134,0 ming so’m hisoblanishi lozim edi, lekin yuridik shaxs balansiga o’tkazilgunga qadar (yanvar oyi) uchun 722,3 ming so’m to’lanishi kerak.

Shuningdek, Ahmad Yassaviy ko’chasi 260-o’yda joylashgan noturar (gazon) obyekti yer uchastkasi 2024 yil uchun jami 18 490,6 ming so’m shundan, mol-mulk solig’iga 15 088,6 ming so’m va yer solig’iga 3 402,0 ming so’m hisoblanishi lozim edi, yuridik shaxs balansiga o’tkazilgunga qadar (yanvar’ oyi) 1540,8 ming so’m mol-mulk va yer solig’i to’lashga hisoblanadi.

Ushbu fuqarolar R.B. va D.Q.ga tegishli noturar obyektlari joriy yilning 31 yanvar kuni fuqaro R.B. rahbarligida tashkil etilgan “Saxtiyon kurash turlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati balansiga o’tkazilgan bulib yuridik shaxslarning balansida bo’lgan sport va jismoniy tarbiya majmualari Soliq kodeksning 414 va 428 moddalariga asosan mol-mulk va yer solig’idan to’liq ozod qilinadi.

 N.Abaev,

Ellikqal’a tuman soliq inspektsiyasi boshlig’i