#seminar

🔰Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasida Soliq qo‘mitasi xodimi D.Ortiqboyev va Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

📝Seminarda hududiy soliq boshqarmalarida yangidan tashkil etilgan “Soliq boshqarmasi ma’murchiligi” axborot tizimi amaliyotga joriy etilishi va uning natijasida xodimlar faoliyati samaradorligini baholash (KPI) tizimi belgilanganligi takidlandi.

❇️Shuningdek, xodimlarni “korxonabay” biriktirish amaliyoti samaradorligi, ushbu tizimdagi o‘rta bo‘g‘in rahbarlarining ish natijadorligi va shaxsiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan qator topshiriqlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bólgan ishlar belgilab olindi.



