Reyting maʼlumotlarini kuzatib borish tushuntirilmoqda

#barqarorlik_reytingi

Reyting maʼlumotlarini kuzatib borish tushuntirilmoqda

Ellikqal’a tumani soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlari tomonidan tuman hududida faoliyat yuritayotgan o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari vakillariga barqarorlik reytingining yuqori ko‘rsatkichga erishish mezonlari to‘g‘risida seminar tashkil etildi.

Unda 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etilgani, barqarorlik reytingi bali va toifa maʼlumotlari soliq to‘lovchilarning my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida aks ettirilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, shaxsiy kabinetda qanday mezonlarga asosan qancha ball berilganligi va kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida batafsil maʼlumot olish mumkinligi tushuntirildi.