Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasida seminar bo‘lib o‘tdi

🔰Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasida seminar bo‘lib o‘tdi

Seminarda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashining ma’sul xodimi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasining kasaba uyushmasi rahbari, a’zolari hamda boshqarma xodimlari shuningdek zoom orqali soliq inspeksiyalari hodimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

🔗Seminarda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 13-avgustdagi “Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” OʻRQ-942-sonli Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Mazkur Qonunga asosan boshlangʻich kasaba uyushmalari alohida davlat roʻyxatidan oʻtib, STIR raqami beriladigan boʻldi.

Qonunga asosan “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasi va Soliq kodeksining 127-moddalariga qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari oʻz ixtiyoriga koʻra adliya organlarida hisobga qoʻyilishi, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalarini va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi, adliya organlarida hisobga qoʻyilgan, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalariga va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami ularning ixtiyoriga koʻra berilishi koʻzda tutilganligi haqida tushunchalar berildi.