#qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 13-avgustdagi “Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” OʻRQ-942-sonli Qonuni qabul qilindi.
Mazkur Qonunga asosan boshlangʻich kasaba uyushmalari alohida davlat roʻyxatidan oʻtib, STIR raqami beriladigan boʻldi.
Qonunga asosan “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasi va Soliq kodeksining 127-moddalariga qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra:
– yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari oʻz ixtiyoriga koʻra adliya organlarida hisobga qoʻyilishi;
– yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalarini va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi;
– adliya organlarida hisobga qoʻyilgan, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalariga va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami ularning ixtiyoriga koʻra berilishi koʻzda tutilgan.



