Korrupsiyaga qarshi kurash

#Amudaryo_tumani
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

 

♻️Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo`limi xodimlari va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan birgalikda Amudaryo tumani soliq inspeksiyasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olishga qaratilgan targ`ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

🔗Tadbirda so‘zga chiqqanlar soliq sohasida uchrashi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri haqida zarur tushuntirishlar berdilar.

💢Shuningdek, ushbu hududdagi savdo majmualari va do`konlarida tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotda bo`lib, korrupsiyaviy holatlarga duch kеlinganda Soliq xizmati organlarining ☎️ “Ishonch tеlеfonlari» hamda tеlеgram ijtimoiy tarmog`idagi @dsq_anticorrupciya_bot aloqa kanallari orqali xabar bеrish mumkinligi va murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanishi ta`kidlanib, flaеrlar tarqatildi.