“Advice.uz”-huquqiy maslahat berish platformasi ishga tushirildi

“Advice.uz”-huquqiy maslahat berish platformasi ishga tushirildi

Keng aholi qatlamiga onlayn huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Advice.uz”-huquqiy maslahat berish platformasi ishga tushirildi.

Mazkur platformada tugʻilganlik haqidagi guvohnoma olishdan pensiyaga chiqishgacha boʻlgan jarayonlarda fuqarolar duch kelishi mumkin boʻlgan huquqiy muammolar, soliq munosabatlari, uy-joy uchun subsidiya, bepul davolanish, himoya orderi olish va boshqa qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanish toʻgʻrisidagi mavzulashtirilgan maʼlumotlar aks ettirilgan.