#korrupsiyaga_qarshi_kurash

📌Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq xizmati organlarida korrupsiya holatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo`limi xodimlari tomonidan doimiy targ`ibot tadbirlari o`tkazilib kеlinmoqda.
♻️Amudaryo tumani soliq inspеksiyasida ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Unda xodimlarga korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, diniy ekstremizmga qarshi kurashish shuningdek, ichki mehnat va odob-axloq qoidalariga rioya qilish, soliq to‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

👉Uchrashuvlar davomida salbiy illatlardan yiroq bo‘lish va nafsining kuyiga uchib noqonuniy yo‘llar bilan daromad topishga intilish, korrupsiyaga qo‘l urushi qanday ayanchli oqibatlariga olib kelishi mumkinligi hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tildi.



