
#korrupsiya_qarshi_kurash

❗️Korrupsiya bu – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi.

✔️Mana shunday korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida, Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikda Shumanay tumani soliq inspeksiyasida profilaktik tadbir tashkil etildi.

✍️Tadbirda, sohaga oid yangi qabul qilingan va amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirilib, barcha xodimlar ish faoliyatlarini ochiq va shaffof tarzda olib borishlari, har qanday ko‘rinishdagi salbiy holatlarni sodir qilmasliklari, soliq xizmati organlari sha’niga dog‘ tushiradigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

➡️Uchrashuvdan so‘ng, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan uchrashilib suhbatlar o‘tkazildi va soliq xodimlari tomonidan ta’magirlik holatlari kuzatilgan taqdirda ishonch telefon raqamlari va telegram bot kanallarini o‘zida aks ettirgan buklet va broshyuralar tarqatildi.



