Profilaktik tadbir

#profilaktik_tadbir

📣Xabar berib borayotganimizdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi tomonidan hududlarda soliq inspeksiyalari va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida navbatdagi tadbir Qonlikoʻl tumani soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi hamda tuman tadbirkorlari o‘rtasida tashkil etildi.

✔️O‘tkazilgan uchrashuvda so‘zga chiqqanlar har bir davlat xizmatchisi berilgan vazifaga mas’uliyat bilan yondashishi, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lishi kerakligi tushuntirildi.

Hududdagi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda davlat hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbir ishtirokchilariga korrupsiya to’g’risida xabar berish yuzasidan “Ishonch raqamlari” va maxsus 📱 telegram bot  manzillari ko‘rsatilgan qo’llanmalar tarqatildi.