Profilaktik tadbir

#profilaktik_tadbir

⚡ Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari mas’ullari bilan birgalikda Mo’ynoq tumani soliq inspeksiyasida «Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz» mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

✅Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad soliq xizmati sohasi xodimlari orasida korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish, immunitetini mustahkamlash va bu illatning oldini olishga qaratish hisoblanadi.

❗️Shuningdek, uchrashuvdan so‘ng tumandagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida bo‘lib tadbirkorlarning ishiga asossiz aralashish yoki ta’magirlik va lavozim vakolatlaridan o‘z manfaati yo‘lida foydalanish holatlariga duch kelsa murojaat qilish uchun aloqa kanallari bilan tanishtirildi va bu illatga befarq qaramaslikka chaqirildi.