#korrupsiyaga_qarshi_kurash

♻️ Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Taxiatosh, Qo‘ng‘irot hamda Nukus tumanlari soliq inspeksiyalarida navbatdagi profilaktik yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlarda xodimlarga korrupsiya, ta’magarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarida belgilangan tartib qoidalarga qat’iy rioya qilishlari, xizmat vakolati doirasidan chetga chiqmaslik, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishlari lozimligi yana bir bor ta’kidlandi.

🔰Soliq to‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatishlari lozimligi tushuntirib o‘tildi.

❗️Shuningdek, uchrashuvdan so‘ng tumandagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida bo‘lib tadbirkorlarning ishiga asossiz aralashish holatlariga duch kelsa murojaat qilish uchun aloqa kanallari bilan tanishtirildi va bu illatga befarq qaramaslikka chaqirildi.



