Korrupsiyasiz kelajak – bugundan boshlanadi

#korrupsiyaga_qarshi_kurash

📍Korrupsiyasiz kelajak – bugundan boshlanadi

♻️ Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasida boshqarma boshlig’i boshchiligida “Korrupsiyasiz kelajak – bugundan boshlanadi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

🔖 Tadbirda soliq sohasida xizmat faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan korrupsion holatlarning oldini olish, bunday holatga yo’l qo’yilganda uning ayanchli oqibatlari haqida mas’ullar tomonidan ma’lumotlar berildi.

🔗 Shuningdek, soliq to’lovchilar bilan muloqot davomida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, shaxsiy manfaatni davlat manfaatidan ustun qo’ymaslik, mansab va vakolatini suiiste’mol qilmaslik ahamiyati tushuntirildi.