Qonunchilikdagi yangiliklar

#qonunchilikdagi_yangiliklar, #QQS

2026-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishda QQS bo‘yicha nol stavka joriy etiladi

Prezidentimizning “Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

👉 PF-153, 04.09.2025-yil.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

✔️ Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (bundan paxta va gʻalla mustasno) realizatsiyasi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS)ning “nol” stavkasi joriy etiladi;

✔️QQSning “nol” stavkasi qoʻllaniladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari roʻyxati Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi va ularning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boriladi;

✔️Roʻyxatga kiritilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan QQSni qoplash (qaytarish) tartibi amal qiladi;

✔️ qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga (bundan paxta va gʻalla mustasno) QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) 3 kun muddatda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi;

✔️ Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ekspertlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan tovarlarni aynan bitta yetkazib berish zanjiri boʻyicha QQS summasini hisobga olishda elektron hisobvaraq-faktura (EHF)larni xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish tizimi joriy qilinadi.

Bunda yuqori xavf darajasiga ega EHF bo‘yicha quyidagilar nazarda tutiladi:
🔹ularning ulushi hisobot davrida rasmiylashtirilgan jami EHFlar sonining 10 foizidan oshmasligi;
🔹QQS summasi sotuvchi (etkazib beruvchi) yoki xaridor (buyurtmachi) tomonidan byudjetga toʻliq toʻlangandan keyin hisobga olinishi.