Korrupsiyaning oldini olish

#korrupsiyaning_oldini_olish

Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Xususan, Kegeyli tumanidagi chakana savdo hamda xızmat ko’rsatish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar, bunday vaziyatda mas’ullarga tezkor xabar berish imkoniyatlari tushuntirildi va maxsus flayerlar tarqatildi.

Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, org@soliq.uz elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefonlari (61-222-79-02) ga xabar qoldirish mumkin.