Korrupsiya – rivojlanishga to‘siq

#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiya – rivojlanishga to‘siq

♻️Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda soliq xodimlari o‘rtasida muntazam tarzda korrupsion va har qanday salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilinib kelinmoqda.

Xususan, mana shunday tadbirlardan navbatdagisi 📍 Nukus shahri va Xo‘jayli tumani soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

 

Tadbirda xodimlar xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmasliklari, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lishlari kerakligi tushuntirilib, soliq xodimlari ishtirokida sodir etilayotgan korrupsion holatlar aytib o‘tildi.

🔗Shuningdek, barcha xodimlar odob-axloq va ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishlari, soliq to‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatishlari ta’kidlab o‘tildi.