Tarǵibot tadbirlari

#tarǵibot_tadbirlari

📌Xo‘jayli va Ellikqal’a tumanlarida korrupsiyaning oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongini oshirish hamda jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

✔️Mazkur tadbirlar Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirildi. Asosiy maqsad – korrupsiya holatlarining oldini olishda jamoatchilik, ayniqsa tadbirkorlarning faolligini oshirishdir.

Targ‘ibot ishlari doirasida tumandagi chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini bajarish jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar muhokama qilindi.