Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq

#korrupsiyaga_qarshi_kurash

🔰Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq

⚡️ Chimboy hamda Ellikqal’a tuman soliq inspeksiyalarida  “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbatlari oʻtkazildi.

Tadbirda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.

🔗 Shuningdek, soliq tizimida korrupsion holatlarning oldini olish, «Soliqchi – ko‘makchi» tamoyili asosida soliq to‘lovchilarga shaffof va namunali xizmat ko‘rsatish bosh vazifa ekanligiga e’tibor qaratildi. Mazkur illatga qarshi kurashishda davlat xizmatchisiga bildirilgan ishonch, eng muhimi, jamiyatning davlatga bo‘lgan ishonchi, oila va farzandlar taqdiri har bir insonning tafakkurida, qalbida doim mustahkam bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.