Qonunchilikdagi yangiliklar

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yaroqlilik muddati o‘tgan raqamli markirovkalangan tovarlar savdosi cheklanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori qabul qilindi.
👉PQ-296-son, 06.10.2025 y. 

Mazkur hujjatga asosan, 2026-yil 1-martdan boshlab mamlakatimizda raqamli markirovkaga ega bo‘lgan tovarlar realizatsiyasi bo’yicha yangi tartib joriy etiladi. Yaroqlilik muddati tugagandan so’ng bunday tovarlar savdosi raqamli markirovkalash tizimi orqali avtomatik ravishda cheklanadi. Agar yaroqlilik muddati tugagan bo’lsa, onlayn-NKT ushbu mahsulot uchun chekni chop etishga ruxsat bermaydi.