Korrupsiyaga qarshi kurash

#korrupsiyaga_qarshi_kurash

📍Korrupsiya jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga to‘sqinlik qilib, yurtimiz konstitutsiyaviy asoslarining amalga oshirilishiga, aholi turmush darajasining yaxshilanishiga xavf soladi. Shuning uchun ham unga qarshi kurashish davr talabi bo’lib qolmoqda.

Bu borada Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq xizmati xodimlari o’rtasida muntazam tushuntirish ishlari, o’quv seminarlari va davra suhbatlari o’tkazib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Toʻrtkoʻl va Beruniy tumanlarida ham tashkil etildi. Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida korrupsiya illati, uning ayanchli oqibatlari to’g’risida davra suhbati tashkil etildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan mazkur tadbirda korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaradigan omillar, uning salbiy oqibatlariga aniq misollar keltirilib bu kabi holatlardan ogoh bo’lishga chaqirildi.