Sanoat korxonalariga qoʻshimcha soliq imtiyozlari belgilanmoqda

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Sanoat korxonalariga qoʻshimcha soliq imtiyozlari belgilanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish va sanoat korxonalarini eksportga jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
👉PQ-295-son, 4.10.2025-yil. 

Unga asosan, 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar:

🔹mazkur qarorda nazarda tutilgan sanoat korxonalarining ishchilarini tashish va ovqatlantirish bilan bog‘liq xarajatlari har bir ishchi xodim uchun bir oyda bir bazaviy hisoblash miqdori gacha bo‘lgan qismi ijtimoiy soliq bazasidan chiqarib tashlanishi belgilanmoqda.
Bunda ishchilarining o‘rtacha ish haqi miqdori har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanishi kerak.

🔹o‘z ehtiyoji uchun gips xomashyosini qazib chiqaruvchi va undan tayyor qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga gips olish uchun belgilangan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanilishi belgilanmoqda.

❗️Mazkur o‘zgarishlar Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng amaliyotga joriy qilinadi.