Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Qoraqalpog’iston Respublikasi soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiya illatiga qarshi kurashda jamoatchilik rolini kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Taxtakoʻpir va Qorao’zak tumanlarida chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar, bunday vaziyatda mas’ullarga xabar berish qulayliklari tushuntirildi .
Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, org@soliq.uz elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefonlari (61-222-79-02) ga xabar qoldirish mumkin.