#korrupsiyaga_qarshi_kurash

📌Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamkorligida Taxiatosh va Qoʻngʻirot tumani soliq inspeksiyalarida shaxsiy tarkib ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuv davomida soliq xizmati tizimida har bir xodimning o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi, odob-axloq va ichki mehnat tartibi qoidalariga qat’iy rioya etishi lozimligi ta’kidlandi.

❗️Tadbirda poraxo‘rlik, ta’magirlik, shuningdek, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish muhimligi alohida qayd etildi. Xodimlarga xizmat faoliyati davomida amal qilinishi zarur bo‘lgan huquq va majburiyatlari to‘g‘risida ham batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur uchrashuv soliq tizimida ochiqlik va mas’uliyat muhitini mustahkamlashga qaratildi.
🔼Bundan tashqari, tuman hududidagi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilib, soliq majburiyatlarini bajarish davomida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar kuzatilgan taqdirda, xabar berish uchun ishonch ☎️telefon raqamlari va🛫 telegram bot kanallarini o‘zida aks ettirgan buklet va broshuralar tarqatildi.




